Bluecoredev — Telegram bot, Mini App va veb-sayt yaratamiz
Telegram bot, Mini App, veb-sayt va CRM — loyihalashdan ishga tushirishgacha bitta jamoada. Narx va muddatni oldindan aytamiz.
Xizmatlar va narxlar
Telegram botlar
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, buyurtmalar, to‘lovlar va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish.
Narxi: $100 - $700+ · Muddati: 3 – 10 ish kuni
Telegram Mini App’lar
Telegram ichida ishlaydigan interaktiv veb-ilovalar, shaxsiy kabinetlar va xarid tizimlari.
Narxi: $300 - $800+ · Muddati: 7 – 14 ish kuni
Veb-saytlar va onlayn do‘konlar
Lendinglar, korporativ veb-saytlar, kataloglar, bloglar va zamonaviy onlayn do‘konlar.
Narxi: $300 - $800+ · Muddati: 5 – 14 ish kuni
Mobil ilovalar
iOS va Android uchun mobil ilovalar — mijozlaringiz uchun yoki xodimlar uchun ichki vosita.
Narxi: Kelishuv asosida · Muddati: Loyiha hajmiga qarab
AI integratsiya va avtomatlashtirish
Sun’iy intellekt botlari, AI yordamchilar, hujjatlarni tanish va intellektual avtomatlashtirish.
Narxi: $500 - $1000+ · Muddati: 7 – 25 ish kuni
CRM tizimlari
Maxsus CRM, ichki nazorat, ombor hisobi va biznes jarayonlarini boshqarish tizimlari.
Narxi: $600 - $2000+ · Muddati: 14 – 45 ish kuni
POS-kassa va ombor tizimlari
Savdo nuqtalari uchun kassa, ombor hisobi va hisobotlar — bitta tizimda.
Narxi: Kelishuv asosida · Muddati: Loyiha hajmiga qarab
Boshqa IT xizmatlari va integratsiyalar
Ro‘yxatda yo‘q xizmat kerakmi? 1C, to‘lov tizimlari va boshqa servislar bilan integratsiya yoki noyob g‘oya — maxsus yechim tayyorlaymiz.
Narxi: Kelishuv asosida · Muddati: Loyiha hajmiga qarab belgilanadi
Ishlab turgan loyihalar
VION
Telegram bot + Mini App · Kiyim va moda
Kiyim do‘koni uchun Telegram bot va Mini App: ayollar va erkaklar bo‘limlari, har bir tovar rang va o‘lcham bo‘yicha, mos o‘lchamni tanlashga yordam va tayyor obrazlar. Qoldiq buyurtma paytida avtomatik band qilinadi. Tovarlar, qoldiq va buyurtmalar admin panelda boshqariladi.
vion.bluecoredev.uz Telegram botBeautino
Telegram bot + Mini App · Kosmetika va go‘zallik
Kosmetika do‘koni uchun Telegram bot va Mini App: mahsulotlar tus yoki hajm bo‘yicha, teri turi va muammosiga ko‘ra tanlash, teri testi va shaxsiy parvarish rejasi. Xaridorlar sharh qoldiradi. Mahsulotlar, buyurtmalar va sharhlar admin panelda boshqariladi.
beautino.bluecoredev.uz Telegram botBoneilla
Telegram bot + Mini App · Qandolatchilik va tortlar
Qandolatchi uchun Telegram bot va Mini App: tortlar katalogi, o‘lcham, ta’m va bezakni tanlash, tortga yozuv hamda yetkazish kuni va vaqtini belgilash. Maxsus tort uchun mijoz rasm yuborib narx so‘raydi. Buyurtmalar va so‘rovlar admin panelda boshqariladi.
boneilla.bluecoredev.uz Telegram botGo Shop
Telegram bot + Mini App · Savdo va do‘kon
Onlayn do‘kon uchun Telegram bot va Mini App: tovarlar katalogi, savat va buyurtma, yetkazib berish yoki olib ketish. Tovarlar, buyurtmalar va filiallar admin panelda boshqariladi.
dokon.socialmarketing.uz Telegram botMedmarket
Telegram Mini App + bot · Tibbiyot va savdo
Dorixona uchun Telegram Mini App: dori katalogi, savat, yetkazib berish yoki olib ketish. Ombor, buyurtmalar va mijozlar sharhlari admin panelda boshqariladi.
medmarketuz.socialmarketing.uz Telegram botBluecoredev
Veb platforma + Telegram Mini App · IT va Marketing
Raqamli marketing va IT xizmatlari platformasi. Sayt ham, Telegram Mini App ham bitta tizimdan ishlaydi: xizmatlar, portfolio va ariza qabul qilish.
socialmarketing.uz Telegram botOsh-Posh
Telegram Bot + Mini App · Telegram mini app
Taom buyurtma qilish uchun Telegram bot va Mini App. Mijoz menyudan tanlaydi, savatga qo'shadi va buyurtmani bir joyda rasmiylashtiradi.
osh-posh.uz Telegram botLeadora
Veb platforma + Telegram bot · Ta'lim va CRM
O'quv markazlari va ustozlar uchun ta'lim boshqaruv platformasi. Guruhlar, dars jadvali, davomat, uy vazifalari va to'lovlar bitta tizimda.
appleadora.uz Telegram botSynthCut
Telegram Mini App + bot · Video va AI
Videograf va blogerlar uchun AI post-production: xom videodan tayyor montajgacha. Pauzalarni kesadi, subtitr qo‘yadi, rang va ovozni tozalaydi, natijani Telegram’ga yuboradi.
synthcut.socialmarketing.uz Telegram botCentrum Holidays
Telegram bot · Turizm va sotuv
Umra ziyoratlarini tashkil qiluvchi agentlik uchun sotuv boti: safar sanalari va bo‘sh joylar, paket, mehmonxona va taomlar. Mijoz bir daqiqada ariza qoldiradi — u darhol menejerga yetadi.
Telegram botAvela
Telegram bot · Yetkazib berish
Ichimlik suvi yetkazib beruvchi kompaniya uchun buyurtma boti: mijoz miqdorni tanlaydi, lokatsiya yuboradi va buyurtma bir zumda adminga keladi.
Telegram botKinoKod
Telegram Bot · Media va Telegram
Kino va seriallarni kino kodi yoki nomi orqali topib ko'rish uchun Telegram bot. Kod kiritiladi — bot kerakli faylni chiqaradi.
Telegram botBlueSave
Telegram Bot · Vositalar va Telegram
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni saqlab olish uchun Telegram bot. Havola yuboriladi — bot videoni qaytaradi.
Telegram botZamonaviy Iqtisodiyot
Veb platforma · Media va Nashr
Ilmiy-amaliy nashrning rasmiy platformasi: maqolalar, yangiliklar va fan yo'nalishlari. Mualliflar maqolani sayt orqali yuboradi.
zamonaviyiqtisodiyot.comPortfolio sayti
Veb-sayt · Veb-sayt
Bluecoredev portfolio sayti: barcha ishlab turgan loyihalar, xizmatlar va narxlar, videolar va jamoa. Ma’lumotlar asosiy saytdan avtomatik olinadi; uch tilda, Google va AI qidiruv uchun tayyorlangan.
portfolio.bluecoredev.uzP.P Chicken
Telegram bot + Mini App · Restoran va yetkazish
Tovuq restorani uchun Telegram bot va Mini App: menyu, savat, filial tanlash va yetkazib berish. Buyurtmalar admin panelda boshqariladi.
asosiy.appleadora.uz Telegram botKonkurs bot
Telegram bot · Marketing
Telegram’da konkurs o‘tkazish uchun bot: ishtirokchilar qo‘shiladi, ovoz beradi, muddat tugagach natija chiqadi.
Telegram bot
Qanday ishlaymiz
- Ariza — Telegram bot yoki sayt orqali, ko‘p yozish shart emas.
- Bepul muhokama — talablarni aniqlaymiz, narx va muddatni aytamiz.
- Shartnoma va 40% avans — ish rasman boshlanadi.
- Ishlab chiqish — har bosqichda xabar beramiz.
- Topshirish va qolgan 60% — ishga tushiramiz va o‘rgatamiz.
Bog‘lanish
- Telefon: +998 91 911 99 88
- Buyurtma boti: @bluecoredev_bot
- Telegram: @bluecoredev_admin
- Telegram guruh: @bot_yasash1
- Instagram: @bluecoredev.uz
- YouTube: @bluecoredev
Toshkent shahri, Yashnobod tumani