Bluecoredev — g‘oyani ishlaydigan mahsulotga aylantiradigan jamoa
Biz Toshkentdagi dasturchilar jamoasimiz. Bizneslar uchun Telegram bot, Mini App, veb-sayt, CRM va POS tizimlarini loyihalashdan ishga tushirishgacha qilamiz.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani
Qanday boshlangan
Bluecoredev startaplarga bo‘lgan qiziqishdan boshlangan. Asoschimiz Omonjon Anvarov 2022 yildan beri full-stack dasturchi sifatida ishlaydi va shu yillarda ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan. Dasturlash yo‘lida ko‘plab ustozlar va hamkasblardan o‘rgandik — bugun shu tajriba va jamoa bilan bizneslar uchun haqiqatan ishlaydigan mahsulotlar yaratamiz.

Jamoa
Anvarov Omonjon Jamoliddin o‘g‘li
Asoschi, full-stack dasturchi. Loyihalarni mijoz bilan muhokama qiladi, narx va muddatni belgilaydi. Aloqa va hamkorlik masalalari — u bilan.
Otabek Anvarov
Backend dasturchi. Server, baza va to‘lov tizimlari — ilovaning ko‘rinmaydigan, lekin eng muhim qismi.
Shaxzodbek Solijonov
AI yechimlar. Sun’iy intellektni loyihalarga ulaydi: aqlli yordamchilar va avtomatlashtirish.
Musoxon Yusufov
Frontend dasturchi. Mijoz ko‘radigan qism: Mini App, sayt va admin panel interfeyslari.
Qanday ishlaymiz
- Narx va muddatni ish boshlanishidan oldin aytamiz.
- Har bosqichda xabar beramiz — buyurtmangiz qayerda ekanini bilib turasiz.
- Maket emas, ishlaydigan tizim topshiramiz: ishga tushiramiz va foydalanishni o‘rgatamiz.
Bog‘lanish
- Telefon: +998 91 911 99 88
- Buyurtma boti: @bluecoredev_bot
- Telegram: @bluecoredev_admin
- Telegram guruh: @bot_yasash1
- Instagram: @bluecoredev
- YouTube: @bluecoredev
Toshkent shahri, Yashnobod tumani